19:00 / 05.07.2020
5728
«Real» safarda «Atletik»ni yengib, chempionlikka yaqinlashdi
Foto: Getty Images

La Liga 34-turi doirasida «Real» Bilbaoda «Atletik» jamoasi ustidan kichik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida Marseloga ishlatilgan qo‘pollik VAR tizimi orqali aniqlandi. Belgilangan penaltini madridliklar sardori Serxio Ramos aniq amalga oshirib, «Real»ga chempionlik yo‘lidagi muhim g‘alabani keltirdi.

Qayd etish joiz, Ramos o‘tgan turda ham aynan 11 metrlik nuqtadan kiritilgan gol evaziga «Real»ga «Xetafe» ustidan muhim g‘alabani taqdim etgandi. Ispaniyalik himoyachi ketma-ket so‘nggi 5 o‘yindan 4tasida gol urib, Madrid klubi g‘alabasiga hissa qo‘shgan.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real»ning ochkolari soni 77taga yetib, 2-o‘rindagi «Barsa» bilan farq hozircha 7 ochkoga yetkazildi. 

La Liga. 34-tur. 5 iyun

Atletik – Real Madrid 0:1

Gol: 0:1 – 73, penalti Ramos.
Atletik – Unai Simon, Martines, Kapa, Yyeray Alvares (Nunes, 21), Berchiche, Unai Lopes (Vesga, 63), Dani Garsiya (Sanset, 78), Raul Garsiya, Kordoba (De Markos, 63), Muniain, Uilyams (Vilyalibre, 78).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Militao, Marselo, Kazemiro, Valverde (Kroos, 85), Rodrigo (Vaskes, 74), Modrich, Asensio (Vinisius Junior, 74), Benzema (Yovich, 90).

Top