21:27 / 06.07.2020
8157

AQSh sudi hindu qabilasining da'vosi bilan neft quvurini yopish to‘g‘risida hukm chiqardi

Qiymati qariyb 4 4 milliard dollar bo‘lgan neft quvuri uzoq yillardan beri siu qabilasining e'tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgandi.

Vashington federal sudi hindu qabilalarining da'vosini qondirib, Dakota Access neft quvurini yopish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Neft quvuri faoliyati 30 kun ichida to‘xtatilishi lozim, deyiladi sudya Jyeyms Bosberg qarorida.

Qiymati qariyb 4 4 milliard dollar bo‘lgan neft quvuri uzoq yillardan beri siu qabilasining e'tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgandi. Qabila ushbu quvur ularning suv resurslariga zarar yetkazishi va madaniy ahamiyatga ega yerlardan o‘tishini isbotladi.

Avvalroq Dominion Energy va Duke Energy kompaniyalari sanoqsiz da'volar sababli yirik gaz quvuri qurish loyihasidan voz kechgandi. Energetika vazirligi loyihaning yopilishiga "ekologik lobbi"ni aybdor qilib ko‘rsatdi.

Top