18:30 / 06.07.2020
8685

AQShda Covid-19’ga qarshi antitanalardan iborat «kokteyl» sinovi yakuniga yetmoqda

O‘ttiz nafar bemorda sinab ko‘rilgan "kokteyl" birinchi bosqichda ijobiy baho olgan.

Foto: RIA Novosti

 Amerikaning Regeneron Pharmaceuticals biotexnologiya kompaniyasi o‘zining COVID-19ning oldini olish uchun ikkita antitanadan tayyorlangan "kokteyl"ini sinash ishlari yakuniy bosqichga o‘tganini xabar qildi.

 "Uchinchi bosqich doirasida REGN-COV2 kokteylining COVID-19ga chalingan bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lgan sog‘lom insonlar orasida  kasallik tarqalishining oldini olish xususiyati baholanadi", - deyiladi kompaniya xabarida.

 Bundan tashqari, preparat shifoxonaga yotqizilgan bemorlarni davolash bo‘yicha sinovlarning ikkinchi bosqichiga o‘tdi. Qayd etilishicha, 30 nafar bemorda sinab ko‘rilgan "kokteyl" birinchi bosqichda ijobiy baho olgan.

 Virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha uchinchi bosqich sinovlari 100ta hududda o‘tkaziladi, unda 2 ming  kishi qatnashishi mumkin. "Kokteyl"ning virusdan davolash xususiyatini sinash ishlarini AQSh, Braziliya, Meksika va Chilidagi 150ta hududda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top