15:14 / 06.07.2020
3922
Falastin koronavirus sababli Isroilni chegarani yopishga chaqirdi

 Falastinda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning 18 foizi Isroilda ishlaydigan falastinliklarda, qolgan 82 foizi esa ular bilan muloqotda bo‘lganlarda aniqlangan.

Foto: REUTERS

 Falastin bosh vaziri Muhammad Shtayye koronavirus sababli Isroilga nazorat-o‘tkazish punktlari va chegarani yopish chaqirig‘i bilan chiqdi.

 "Falastin ma'muriyati Isroilni Falastin hududlari bilan nazorat-o‘tkazish punktlari va chegaralarni yopishga chaqiradi. Biz bu ishni nazorat qilish bo‘yicha BMTga so‘rov yuboramiz", - dedi Shtayye.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning 18 foizi Isroilda ishlaydigan falastinliklarda, qolgan 82 foizi esa ular bilan muloqotda bo‘lganlarda aniqlangan.

 Shtayye nazorat-o‘tkazish punktlari va chegaralarda nazoratning yo‘qligi Falastinda COVID-19ga chalinishning asosiy sababi ekanligini ta'kidladi.

 Falastin bosh vaziri virus tarqalishining oldini olish uchun aholini to‘y-tantanalar o‘tkazmaslikka chaqirdi. U shuningdek, Isroilda ishlaydigan falastinliklardan ish joylarida qolish hamda Falastinga kelmasliklarini so‘radi.

Top