16:26 / 06.07.2020
21788

Kreml Ukraina qo‘mondonining Rossiya bilan urushga tayyorgarlik to‘g‘risidagi gaplariga javob qaytardi

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Aleksey Neijpapaning ta'kidlashicha, “Ukraina Qrimni qaytarib oladi va Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda”.  

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti

 Kreml Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Aleksey Neijpapaning mamlakat floti Rossiya bilan keng qamrovli jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risidagi gaplarini ahmoqlik deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Bu mutlaq ahmoqlik, bu Ukrainada Rossiyaga qarshi jazavani sun'iy ravishda oshirish», — dedi u.

Peskov bunday iddaolar Ukraina janubi-sharqida vaziyat yaxshilanishiga yordam bermasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Aleksey Neijpapa mamlakat floti Rossiya bilan keng qamrovli jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. Bosh qo‘mondonning ta'kidlashicha, “Ukraina Qrimni qaytarib oladi va Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda”.  

“Yo‘qotishlar ko‘p bo‘ladi — jangchilarimiz va fuqarolarimiz orasidan”, - degan Neijpapa.

 

Top