19:55 / 06.07.2020
13978

Nazarboyev tug‘ilgan kunida xalqqa videomurojaat bilan chiqdi

 Nursulton Nazarboyevda 18 iyun kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

Foto: Videodan kadr

 Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev videomurojaat bilan chiqdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

 "Hozirda barchamiz qiyinchiliklardan o‘tmoqdamiz. Men barcha qozog‘istonliklarga minnatdorlik bildirmoqchiman, sizlarning tilaklaringiz bilan shifo topdim. Katta rahmat! Hozirda kasal bo‘lgan va aziyat chekayotganlarga tezroq sog‘ayishlarini tilayman va ularning sog‘ayib ketishlariga ishonaman. G‘alaba qozonishingizga ishonishingiz kerak. Ajdodlarimiz ko‘plab sinovlarni yengib o‘tgan va biz ham yengamiz", - dedi Nazarboyev.

 Nursulton Nazarboyevda 18 iyun kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

 Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyulda tug‘ilgan. U qariyb 30 yil davomida Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan. 2019 yil mayida Nazarboyev iste'foga chiqqan, shu bilan birgalikda «millat otasi» unvonini hamda Konstitutsion kengash a'zoligini saqlab qolgan. Shuningdek, u Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi va hukumatdagi «Nur Otan» partiyasini boshqaradi.

Top