03:07 / 06.07.2020
13081

Olimlar JSSTni koronavirusning mayda tomchilar orqali yuqishi xavfini tan olishga chaqirishdi 

Foto: Reuters

239 nafar olim Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga koronavirus bo‘yicha bergan tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqishini iltimos qilib maktub yo‘llashdi. The New York Times nashrining xabar berishicha, ular virusning havoda qoluvchi mayda zarrachalar orqali yuqishi ahamiyatli ekanini tan olishga chaqirishgan. 

JSSTda koronavirus aksariyat hollarda yo‘tal yoki aksirish vaqtida atrofga chiqadigan yirik tomchilar orqali tarqaladi, deb hisoblanadi. Bu tomchilar yetarlicha tez yerga cho‘kadi. Biroq maktub mualliflarining fikricha, havoda ko‘proq vaqt qoluvchi mayda tomchilar ham xavfli hisoblanadi. Shu sababli olimlar koronavirus tarqalishini minimallashtirish uchun JSSTni o‘z tavsiyalarini o‘zgartirishga chaqirishmoqda.

Agar koronavirusning bunday yo‘l bilan yuqishi uning tarqalishidagi ahamiyatli omil deb tan olinsa, unda JSST tavsiyalarini qayta qo‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Jumladan, xonalarni shamollatishga yondashuvni qayta ko‘rib chiqish, xonalarda niqoblarni taqishni majburiy qilish, shifokorlarga esa mayda tomchilarni ushlab qoluvchi N95 respiratorlarini qo‘llash lozim bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top