13:23 / 07.07.2020
53019
«Abu Saxiy» yopildi, bozorda virusga chalinganlar aniqlangan

Toshkentdagi «Abu Saxiy» bozori xodimlari va bozor hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar orasida virusga chalinganlar aniqlangani tufayli bozor vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«6 iyul kuni yurtimizda  koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Chilonzor tumanida  joylashgan Tashkent Trade Center (Abu Saxiy) savdo markazi  ma'muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. 

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Tashkent Trade Center savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi», deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi 29 iyun kuni ham «Abu Saxiy» savdo markazi xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi, ammo savdo markazi faoliyati davom ettirilayotgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top