07:37 / 07.07.2020
4453
Dubay xorijlik sayyohlarni qabul qila boshlaydi
Foto: instagram.com/dubai

Dubay koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlardan keyin 7 iyuldan xorijlik sayyohlarni qabul qila boshlaydi.

Dubayga keluvchi barcha sayyohlar koronavirusga manfiy test topshirgani haqida hujjatni taqdim qilishlari yoki aeroportda tahlil topshirishlari kerak bo‘ladi. Tahlili musbat chiqqan sayyohlar 14 kunlik karantinga jo‘natiladi.

Shuningdek, amirlikning xorijda bo‘lgan rezidentlari 6 iyuldan Dubayga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ular ham amirlikka kelgach koronavirusga test topshirishlari va natijalar olingungacha o‘zlarini yakkalagan holda qolishlari kerak bo‘ladi. Agar ularda test natijasi musbat chiqsa, 14 kun davomida karantinda qolishlariga to‘g‘ri keladi.

Top