08:37 / 07.07.2020
6073

Indoneziya sohillarida kuchli yer silkinishi ro‘y berdi

Indoneziya sohillarida Rixter shkalasi bo‘yicha 6,6 ballik zilzila qayd etildi, deb xabar qilmoqda AQSh Geologiya xizmati. 

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 3-54 da ro‘y bergan. Yer osti silkinishlari episentri Markaziy Yava viloyatining Batang okrugidan 94,4 kilometr janubda, 528,7 km chuqurlikda joylashgan. 

Hozircha, vayronalar va qurbonlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Tsunami xavfi ham e'lon qilinmagan. 

Top