23:46 / 07.07.2020
22985

JSST koronavirus pandemiyasi hali eng yuqori nuqtasiga chiqmaganligini  ma'lum qildi

Butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 11 mln 844 mingdan oshgan, 543,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Tedros Gebreyyesus / Foto: Salvatore di Nolfi/EPA

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyyesus dunyoda koronavirus tarqalish sur'ati tezlashganini ma'lum qildi.

"Sur'at tezlashmoqda va biz pandemiya cho‘qqisiga yetib kelmaganimiz aniq", — dedi u.

O‘tgan dam olish kunlari dunyo bo‘yicha COVID-19 yuqtirish bo‘yicha 400 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 11 mln 844 mingdan oshgan, 543,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top