00:04 / 07.07.2020
75879
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 78 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 6 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10362 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 29 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 16 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 342ta yangi zararlanish holati qayd etildi. Bu yangi rekord hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord 4 iyul kuni qayd etilgandi - o‘sha kuni 318ta yangi holat aniqlangandi.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 62 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 7 nafar, jami 106 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 6690  bemor kasallikdan tuzalib chiqqan.

Toshkentda 3 bemor vafot etdi va jami o‘limlar soni 37taga yetdi. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top