15:20 / 07.07.2020
46248
Navoiy viloyatida ham koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi

Navoiy viloyatida ham bir kishi koronavirusga chalinish oqibatida vafot etgan. Bu haqda viloyat hokimi Qobil Tursunov viloyat ahliga murojaatida aytib o‘tdi.

Viloyat rahbari viloyatda epidemiologik vaziyat haqida gapirib, fuqarolarni karantin qoidalariga rioya etishga chaqirgan.

«Eng ayanchlisi shundaki, kuni kecha viloyatimizda olib borilayotgan davolash-profilaktika tadbirlari, tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramay, ilk bor o‘lim holati qayd etildi», degan u.

O‘lim holati aynan qachon yuz bergani, bemorning yoshi va jinsiga doir ma'lumotlarni keltirmagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida Sanoat qurilish bank boshqaruvchisi o‘rinbosari X.Sh. koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha ushbu viloyatda koronavirusdan o‘lim ro‘y bergani haqidagi xabarni tasdiqlamagan.

Ma'lumot uchun, Navoiy viloyatida shu kungacha koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 295 holat qayd etilgan, 252 bemor tuzalib chiqqan.

Viloyatda bugungi kunda 2086 nafar fuqaro karantinga olingan, shundan 1095 nafari statsionar sharoitda, 991 nafari uyda nazoratga olingan.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top