23:05 / 07.07.2020
143349
OTMlarda yangi ochilgan yo‘nalishlar ro‘yxati taqdim etildi

Telegram'dagi «Oliy ta'lim yangiliklari» kanalida 2020/21 o‘quv yili uchun OTMlarga qabulda yangi ochilgan bakalavriat va magistratura ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinishicha, bakalavriatning kunduzgi ta'lim shaklida quyidagi yangi yo‘nalishlar ochilgan:

  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha)
  • Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)
  • Grim san'ati
  • Axborot xavfsizligini boshqarish
  • Birja ishi
  • Biznes-tahlil
  • Gidroenergetika
  • Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar
  • Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Kadastr (ko‘chmas mulk kadastri)
  • Xalq tabobati

Magistraturada yangi ochilgan yo‘nalishlar quyidagilar:

  • Testologiya va pedagogik o‘lchovlarni baholash
  • Matematik iqtisodiyot
  • Aktuar va moliyaviy matematika
  • Islomshunoslik
  • Axborot xavfsizligini boshqarish
  • Advokatlik faoliyati
  • Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish
  • Sport huquqi
  • Mini va mikro gidroelektr stansiyalar
  • Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar
  • Quduqlarning geofizik tadqiqotlari
  • Gidrogeofizika va muhandislik geofizikasi
  • Konchilik geofizikasi
  • Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish
  • Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi
  • Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari
  • Ma'lumotlar ilmi (Data Science)
  • Sun'iy intellekt
  • Unikal binolarni loyihalashtirish va qurish
  • Bog‘lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi
  • Bino va inshootlarni konstruktiv loyihalash
  • Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi
  • Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi
  • Multiplikatsion filmlar texnologiyalari
  • Sun'iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari
  • Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi
  • O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat
  • Seleksiya va urug‘chilik (meva-sabzavot)
  • Chorvachilik
  • Qorako‘lchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash
  • Subtropik va sitrus meva ekinlari
  • Yaylovlar melioratsiyasi
  • Gematologiya va transfuziologiya
  • Tibbiy radiologiya
  • Neyroreabilitologiya
  • Eksperimental va sport farmakologiyasi
  • Harbiy qo‘shinlar tibbiy ta'minotini tashkil etish

 

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top