10:03 / 07.07.2020
31061
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 10,5 mingga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 97 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 7 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10459 nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

6 iyul kuni jami 342ta yangi zararlanish holati qayd etildi (bu yangi rekord ko‘rsatkich). 

Shuningdek, Toshkent, Jizzax, Qoraqalpog‘iston, Namangan va Surxondaryoda jami 106 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 6690 nafarga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top