12:49 / 07.07.2020
1482
Slovakiya o‘ttizdan ortiq mamlakatga chegaralarini ochdi
Foto: Getty Images

Slovakiya 30dan ortiq mamlakat fuqarolari ushbu davlatga kira oladi. Ulardan koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma talab qilinmaydi va 14 kunlik karantinga ham olinmaydi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligiga tayangan holda TASR axborot agentligi xabar qildi. 

Gap YeI mamlakatlari, shuningdek, Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yangi Zelandiya haqida bormoqda. Slovakiya TIV tuzgan ro‘yxatda Portugaliya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya mavjud emas. 

Shu bilan birga, mamlakat fuqarolariga Polshaning Silez o‘lkasi, Praga, Zagreb va Xorvatiyaning Osiyek shaharlariga bormaslik tavsiya qilingan. Bu mintaqalarda koronavirusni yuqtirib olish ehtimoli katta. Lekin, Polsha, Chexiya va Xorvatiya fuqarolari Slovakiyaga to‘sqinliksiz kirishi mumkin. 

Slovakiya sog‘liqni saqlash vazirligi 6 mart kuni koronavirus infeksiyasi qayd qilinganini e'lon qilgan edi. Shundan buyon respublikaning 218 396 fuqarosi test topshirgan. 1 765 kishi virusni yuqtirgani aniqlangan. Virus keltirib chiqaruvchi asoratlardan 28 kishi vafot etdi, 1466 kishi davolandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top