08:48 / 07.07.2020
41133
Uhandagi laboratoriya rahbari koronavirusning tashqariga chiqib ketgani haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi

Uhandagi virusologiya instituti laboratoriyasi direktori, professor Yuan Chjimin laboratoriyadan koronavirus chiqib ketgani haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

Professorning ta'kidlashicha, uning ruxsatisiz laboratoriyaga “hatto chivin ham uchib kira olmaydi”, chunki u yerda barcha xavfsizlik choralari ta'minlangan.

“Ba'zi odamlar hayvonlar ustida ularni sotish uchun tajribalar o‘tkazganimiz yoki bu hayvonlar laboratoriyadan qochib ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilganlarida laboratoriyamiz qanday tuzilgani va uning faoliyati haqida tushunchaga ega bo‘lmaganlar. Xodimlarimizdan birortasi institutdan hattoki bir tomchi suv olib chiqib keta olmaydi”, deb aytgan Yuan Chjimin CGTN telekanali efirida.

Uhan biologik xavfsizlik milliy laboratoriyasi P4 laboratoriyasi sifatida ham ma'lum bo‘lib, u yerda Ebola bezgagi kabi turli xavfli viruslarning 1,5 ming shtammi saqlanadi. 

Avvalroq Britaniya ommaviy axborot vositalarida Xitoyda 2012 yilda SARS-CoV-2 koronavirusiga genetik yaqin bo‘lgan virus tarqalishi yuz bergan bo‘lishi mumkinligi haqidagi tadqiqot natijalari e'lon qilindi. 

Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, virusning namunalari 6 yildan ko‘proq vaqt davomida Uhandagi laboratoriyada saqlangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus dastlab RaBtCov/4991 nomi ostida o‘rganilgan, keyinroq u RaTG13 deb qayta nomlangan. Laboratoriya xodimlari 2012 yildagi virus tarqalishini yashirishgan.

May oyida AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus Uhandagi laboratoriyadan tashqariga mas'uliyatsizlik tufayli chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Aprel o‘rtalarida esa Fox News telekanali koronavirusga chalingan birinchi bemor Uhan laboratoriyasi xodimi bo‘lganini ma'lum qilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top