10:11 / 07.07.2020
3986
Xitoy Hongkongda senzuraga yo‘l qo‘ymoqda - Maykl Pompeo

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning bayonot berishicha, Xitoy hukumatining Hongkongga senzurani tiqishtirishga urinishi britaniyalik yozuvchi Jorj Oruell romanlari, xususan, “1984” asarida aks etgan holatlarga o‘xshaydi.

Foto: Andrew Caballero-Reynolds/Pool Photo via AP

“Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan erkin Hongkongni yo‘qotish davom etmoqda. Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qatag‘on qonunidagi siyohlar qurimasdanoq, mahalliy hukumat oruellarcha usulda milliy xavfsizlik markaziy davlat boshqarmasini tuzishga ulgurishdi. Kutubxonalardan XKPni tanqid qiluvchi kitoblar olib tashlana boshlandi, siyosiy shiorlarni taqiqlashdi, endi esa, maktablarga ham senzura kiritishni talab qilmoqda”, - deyiladi Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan Pompeo bayonotida. 

“Shu vaqtgacha Hongkong gullab-yashnadi, chunki u yerda erkin fikr va so‘zga imkon bor edi. <...>. Endi esa yo‘q. AQSh Pekinning Xitoy-Britaniya deklaratsiya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga doir davriy qobiliyatsizligini va Hongkong aholisining huquq va erkinliklariga so‘nggi tajovuzini qoralaydi”, - deb qo‘shimcha qilgan Pompeo. 

Umumxitoy xalq vakillari majlisining doimiy qo‘mitasi 30 iyunda Hongkongda milliy xavfsizlikni ta'minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. U terrorizm, ayirmachilik, davlat hokimiyatini ag‘darish va xorijiy kuchlar bilan til biriktirishga qarshi kurashga qaratilgan. Hujjat aybdorlarni umrbod qamoq jazosiga mahkum etish, Hongkongda keng vakolatlarga ega bo‘lgan xavfsizlik idoralarini tashkil etish, ayrim ishlarni Xitoy hududida tergov qilish va ko‘rib chiqish imkonini beradi. 

Top