11:00 / 08.07.2020
5709
«Artceiling» – keng turdagi, alyumin asosli metall osma shiftlari endi O‘zbekistonda

«Artceiling» kompaniyasi O‘zbekiston bozorida sifatli alyumin asosli metall osma shiftlar taqdim etuvchi istiqbolli kompaniya sifatida nom qozongan. Kompaniyaning maqsadi intellektual muhandislik tajribasi va bilimlar integratsiyasini qo‘llash orqali yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarish jarayonini uyg‘unlashtirishdan iborat. Buning ortidan qurilish hamda me'morchilik sohasiga yuqori talablarga javob beruvchi shift konstruksiyalari taqdim etiladi.

«Artceiling» kompaniyasi alyumin asosli metall shiftlar bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi sifatida shiftlarni bezash bo‘yicha hamisha yangi yechimlar izlashga e'tibor qaratadi. Shuning uchun ham kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri shiftlarga murakkab dizaynerlik ishlovi berishdan iborat. Dizaynerlik ishlovi berilgan osma shiftlar fantaziyani yuqori darajada ochib berish va shift tasviriga takrorlanmas go‘zallik baxsh etish xususiyatiga ega.

Biz ishlab chiqarayotgan shift tizimlari har qanday zamonaviy binolar dizaynida ajralmas qism va funksional tarkibga aylanadi. Kompaniyamiz me'moriy byurolar, loyiha-montaj kompaniyalari, kichik dizayn studiyalar bilan yangi yechimlar borasida muntazam hamkorlik qilib boradi.

Osma shiftlar qo‘llaniluvchi maydonlar:

• Savdo-ko‘ngilochar majmualar; 

• Ko‘rgazma markazlari; 

• Aeroportlar;

• Temiryo‘l vokzallari; 

• Basseynlar;

• Idoralar (ofislar);

• Mehmonxonalar;

• Restoran, qahvaxona, oshxonalar;

• Sport zallari;

• Maktablar, shifoxonalar;

• Kirish yo‘lagi ustidagi to‘siqlar;

• Hammom, oshxona, terrasalar;

• Xizmat binolari va boshqalar.

 

Alyuminiy asosli metall osma shiftlarning afzalliklari:

• Montajning oddiyligi hamda shiftning notekis joylari va nuqsonlarini berkitishi;

• Universallik — bu jihat yong‘in xavfsizligi, namlikka chidamlilik, har qanday binolarda qo‘llash mumkinligi bilan namoyon bo‘ladi;

• Turli ranglar, materiallar va har-xil o‘lchamdagi panellar mavjudligi;

• Mustahkamlik — reykali osma tizimlar 50 yilgacha xizmat qilishi mumkin;

• Chidamlilik – alyumin asosli metal osma shiftlar o‘zining zanglamaslik xususiyati bilan ajralib turadi.

Artceiling, Sizlarga zamonaviy va shu bilan birga takrorlanmas shiftlarni taqdim etishdan aslo to‘xtamaydi.
Artceiling — biz bilan mukammallik sari bir qadam!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Instagram: Artceiling.uz

Facebook: Artceiling.uz

Murojaat uchun telefonlarimiz:
+99899 809-00-22

+99899 806-00-22

Reklama xuquqi asosida

Top