00:26 / 08.07.2020
37371

O‘zbekistonda kunlik o‘sish holatlari yana 300dan oshiq bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 83 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 7 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10670 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 18 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 15 nafari Buxoro viloyatida, yana 15 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 12 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

7 iyul kuni jami 308ta yangi holat qayd etildi. Shundan 187 nafari karantin muassasalarida, 117 nafari aholi orasida, 4 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 6811 nafarga yetdi. 

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahri, Samarqand va Navoiy viloyatlarda 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va O‘zbekistonda jami o‘lim holatlari soni 40taga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3819 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top