21:07 / 08.07.2020
10880

Poroshenkoga sud binosi oldida qalbaki dollarlar uloqtirildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ishi ko‘rilayotgan sud binosi oldida Poroshenkoga qarata bir dasta qalbaki dollarlar uloqtirildi.

Sud majlisidagi tanaffus vaqtida Poroshenko ko‘chada turgan tarafdorlari oldiga chiqib nutq so‘zlayotganda odamlar orasidan u tomonga dollarlar uloqtirilgan.

Sobiq prezident buni ig‘vo deb atagan va ig‘vogarni odamlar orasidan olib chiqishni talab qilgan. 

8 iyulda Kiyevning tuman sudlaridan birida Poroshenkoga nisbatan ehtiyot chorasi tayinlash bo‘yicha sud majlisi o‘tgan. 

Mavzuga oid
Top