20:12 / 08.07.2020
4335
Tramp maktablarni moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda maktablar kelayotgan o‘quv yilida ochilmaydigan bo‘lsa, ularni moliyalashtirishni qisqartirishini ma'lum qildi. U bu haqda o‘zining Twitter-akkauntida yozdi.

"Agarda ochilmaydigan bo‘lsa, moliyalashtirish qisqartirilishi mumkin!" – deb yozdi AQSh prezidenti.

U demokratlarni koronavirus pandemiyasidan siyosiy maqsadlarda foydalanishda aybladi.

"Demokratlar maktablarning noyabrdagi saylovlargacha ochilishi ular uchun siyosiy jihatdan yomon bo‘ladi deb o‘ylamoqda, ammo bolalar va oilalar uchun bu muhim", - deb yozdi Tramp.

AQSh prezidenti "Maktablar hech qanday muammolarsiz ochilgan Germaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va boshqa davlatlar"ni misol qilib keltirdi.

AQShdagi maktablar mart oyida yopilgandi. Ular yangi o‘quv yilida ochiladimi yoki masofaviy ta'lim davom etadimi, hozircha noma'lum.

Top