18:04 / 08.07.2020
72275
Uchta hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi, davolanayotgan bemorlar soni 4 mingdan oshib ketdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami bemorlar soni 11 mingga yaqinlashmoqda. Bugun yangi holatlar soni ilk marta 400tadan oshishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yana 144 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 982 (+144) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida), 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi vazirlik axborotida.

Bugun Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.

COVID-19`dan jami sog‘ayganlar soni 6 888 nafarni tashkil etmoqda.

Hozir O‘zbekiston bo‘yicha 4 052 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top