03:23 / 09.07.2020
18929
1 avgustgacha respublika miqyosida barcha masjidlar faoliyati to‘xtatilmoqda
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e'tiboran 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

«Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda», deyiladi maxsus komissiya qarorida.

Bungacha Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonning «yashil» toifadagi hududlarida 5 iyun kunidan masjidlarda sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga qat'iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz o‘qishga ruxsat bergan edi.

Biroq ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlangandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top