10:50 / 09.07.2020
19166
AQSh so‘nggi 15 yilda ilk marotaba yana 3 kishini qatl qilishga qaror qildi
Foto: Getty Images

AQSh hukumati kelgusida haftada o‘lim jazosini ijro etadi. Bu oxirgi 15 yildan ortiqroq vaqt mobaynida federal darajada oliy jazoga mahkum etilgan jinoyatchilar qatl etiladi. Bu haqda Associated Press jazoni o‘tash muassasalaridagi manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘lim jazosini ijro etish kelasi hafta dushanba kunidanoq boshlanadi. Umuman, hafta davomida Indiana shtatidagi 3 mahbusga o‘lim ineksiyalari qo‘yiladi. 

Jinoyatchilar bolalarni o‘ldirganligi uchun oliy jazoga loyiq ko‘rilgan. Jinoyatchilar va ularning qurbonlari oila a'zolari jarayonda ishtirok etadi. Shu bilan birga, ular himoya niqoblarida bo‘lishlari kerak. 

AQShda so‘nggi marotaba 2003 yilda oliy jazoni ijro etish amaliyoti qo‘llanilgan. Shundan buyon, o‘lim jazosi uchun qo‘yiladigan inʼeksiya qo‘llanilishiga doir tartib borasida kelishuv bo‘lmagani bois norasmiy moratoriy mavjud edi.

Top