08:33 / 09.07.2020
17011
Havoni koronavirusdan tozalovchi filtr yaratildi

AQShning Xyuston universiteti olimlari koronavirusni ushlab qolib, uni yo‘q qiluvchi havo filtrini ishlab chiqishdi. 

Foto: University of Houston

Virusning havo-tomchi yo‘li bilan havoni shamollatish tizimi orqali tarqala olishi pandemiyaga qarshi kurashda katta murakkablik tug‘diradi

Olimlar filtrni ishlab chiqishda koronavirus 70 darajadan yuqoriroq issiqqa dosh bera olmasligiga asoslanishgan. Ular koronavirusni ushlash va yo‘q qilish uchun 200 daraja issiqqacha qizdirilgan nikel ko‘pik negizidagi filtrni ishlab chiqishgan. Bunday filtr orqali o‘tuvchi havo bir zumda virusdan tozalanadi.  

Galveston milliy laboratoriyasidagi keyingi tajribalar filtr havodagi virusning 99,8 foizdan ko‘prog‘ini ushlab qolganini isbotlagan. Virus nikel ko‘pik yordamida yo‘q qilingan. 

Ushbu ishlanma evaziga nafaqat koronavirusni, balki havo-tomchi yo‘li bilan tarqaluvchi boshqa ko‘plab infeksiyalarning oldini olish usuli topildi. Tadqiqot mualliflaridan biri professor Chjifeng Renning ta'kidlashicha, yangi filtr samolyotlar, poyezdlar, aeroportlar va vokzallar, kruiz laynerlari, ofis va maktablarda qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, filtrning ofis xodimi atrofidagi havoni tozalay oladigan stol usti modelini qo‘llash imkoni ham mavjud. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top