08:51 / 09.07.2020
7144
Jyeff Bezosning boyligi 180 milliard dollardan oshdi

Forbes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezosning boyligi unga qarashli Amazon kompaniyasi aksiyalari qimmatlashishi ortida 180 milliard dollardan oshdi. 

Foto: AP Photo/John Locher

Nashrning baholashicha, 8 iyul kunduzi Amazon kapitallashuvi 1,52 trln dollardan oshgan va buning evaziga kompaniyaning 11,1 foiziga ega Bezosning boyligi 181,5 mlrd dollarga yetgan. Forbes’ning ta'kidlashicha, bu statistika olib borilayotgan vaqt uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Nyu-York fond birjasidagi savdolar yopilishidan oldin Amazon aksiyalari narxi 2,7 foizga ko‘tarilib, bir donasi uchun 3081,11 dollarni tashkil qilgan. 6 iyulda kompaniyaning kapitallashuvi ilk bor 1,5 trln dollardan oshgani ma'lum qilingandi.

Aprelda Bezosning boyligi 113 mlrd dollarga, bir hafta avval esa 172 mlrd dollarga baholanayotgandi. May o‘rtalarida Comparisun kompaniyasi ekspertlari Bezos 2026 yilda dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligini taxmin qilgan.  

Top