01:07 / 09.07.2020
6016
Kot-d'Ivuar bosh vaziri vafot etdi 

Kot-d'Ivuar bosh vaziri Amadu Gon Kulibali 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Alassan Uattara ma'lum qildi. 

Foto: Luc Gnago / Reuters

Kot-d'Ivuar prezidentining ta'kidlashicha, Kulibali hukumat yig‘ilishi vaqtida birdan o‘zini yomon his qilgan. Shundan keyin u shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan.

Kulibali bosh vazir lavozimini 2017 yildan beri egallab kelgan. Bundan tashqari, uning nomzodi “Ufuetchilarning demokratiya va tinchlik uchun birlashmasi” (RHDP) hukmron partiyasidan joriy oktyabrda o‘tishi belgilangan prezident saylovlariga ilgari surilgan bo‘lgan. 2019 yildayoq navbatdagi prezidentlik muddatiga bormasligini ma'lum qilgan Alassan Uattara Kulibali nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. 

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Kulibali 2012 yilda Parijdagi klinikalardan birida yuragida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan.

Top