11:31 / 09.07.2020
18413
Nurmat Otabekov: Karantin choralarini yumshatishni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash maqsadida joriy qilingan karantin choralarini yumshatishni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Shu bois, so‘nggi vaqtlarda aholi orasida koronavirusni yuqtirganlar soni ortib bormoqda. 

Respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Axborot va Ommaviy kommunikatsiya agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda shunday bayonot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda sanitariya-epidemiologiya holati tobora jiddiylashib bormoqda. Biroq, oxirgi vaqtlarda choralar kuchaytirilmasa, respublikadagi vaziyat yanada chigallashishi mumkin.

“Karantin choralarini yumshatishni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Biroq, bu holatda davom etsak, vaziyat bundan-da chigallashishi mumkin”, - dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha bo‘lgan davrgacha karantin choralari qaytadan kuchaytirdi. 

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 11259 kishini tashkil etmoqda. Shundan 4100dan ortiq kishi davolanyapti. 7062 kishi davolanib chiqqan, 47 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top