20:11 / 09.07.2020
10657

Rossiya Isroilni Falastin yerlarini anneksiya qilishning oqibati yaxshi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi

Avvalroq Germaniya va Fransiya Isroilni Iordan vodiysini qo‘shib olishdan voz kechishga chaqirgandi.

Foto: AFP

Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga Isroil suverenitetini yoyishga urinish Falastin muammosini yechishga to‘siq bo‘lish bilan birga mintaqada zo‘ravonlikning yangi to‘lqinini keltirib chiqaradi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ana shunday bayonot berdi.

"Falastin yerlariga Isroil suverenitetini yoyishga urinish nafaqat ikki davlat muammosini yechishga to‘siq bo‘ladi, balki mintaqada zo‘ravonlikning yangi to‘lqinini keltirib chiqaradi, radikal norozilik kayfiyatini yanada kuchaytiradi deb hisoblaymiz", - dedi Zaxarova.

U BMT rezolyutsiyalari va arab tashabbusiga asoslangan holda isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tezroq tiklash zarurligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Germaniya va Fransiya Isroilni Iordan vodiysini qo‘shib olishdan voz kechishga chaqirgandi.

Isroilning yangi hukumati 1 iyuldan keyin AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha "tinchlik rejasi"ni amalga oshirish strategiyasini taqdim etishi ma'lum qilingandi. Keyinroq suv resurslari va oliy ta'lim vaziri anneksiya muddati bir necha kun yoki haftaga ortga surilishini aytdi.

Mavzuga oid
Top