21:52 / 09.07.2020
3599

Xitoy 2020 yil oxirigacha xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazishdan bosh tortdi

Xitoy pandemiya sababli 2020 yil oxirigacha o‘z hududida har qanday xalqaro sport musobaqasini o‘tkazishdan bosh tortdi. Bundan Pekindagi qishki Olimpiadaga sinov musobaqalari istisno bo‘ladi.

Foto: Reuters

Bu haqda Xitoy bosh sport boshqarmasi ma'lum qilgan.

Pekindagi Olimpiada 2022 yilning 4-20 fevralida o‘tkazilishi belgilangan.

Xitoyda sentabr-oktyabrda Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) musobaqalari, noyabrda esa figurali uchish bo‘yicha gran-pri seriyasi bosqichi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Seriyaning finali Xitoyda dekabrda o‘tkaziladi va u 2022 yilgi Olimpiadaga sinov musobaqasi hisoblanadi. 

Avvalroq pandemiya sababli Xitoyda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati va zamonaviy beshkurash bo‘yicha jahon chempionati hamda “Formula-1” poygasi bosqichi kabi turnirlar bekor qilingandi yoki keyinroqqa ko‘chirilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top