08:28 / 10.07.2020
9368
AQShda kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi

AQShda so‘nggi sutkada koronavirusga 65,6 ming kishi chalindi. Bu pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: Reuters

Avvalgi antirekord 7 iyulda qayd qilingandi. O‘shanda bir kunda virusga chalinganlar soni 60,2 ming kishini tashkil qilgan. Jami AQShda koronavirusga 3,2 mlndan ko‘proq kishi chalingan, undan 135 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan. 

AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchining ta'kidlashicha, mamlakat hali koronavirusning birinchi to‘lqinidan chiqmagan. U butun dunyo bo‘ylab pandemiya kuchayishini prognoz qilgan. 

AQShda koronavirus tarqalishi jadallashgani sababli shtatlar va okruglar rahbariyati yana cheklovlar kiritmoqda. Jumladan, Texas shtatida favqulodda choralar ko‘rilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top