12:13 / 10.07.2020
16373
Ford haydovchisi tezlikni soatiga 703 kmgacha oshirgani uchun jarimaga tortildi

Italiyaning Offanya shahrida nosoz yo‘l kamerasi mahalliy ayol haydovchi belgilangan tezlikni 10 karra oshirganini qayd qilgan. 

Foto: motor.ru

Motor nashrining ta'kidlashicha, qurilmaning qayd etishicha, ayol Ford Focus mashinasi tezligini 703 km/soatga yetkazgan. Politsiya kameraning bunday shubhali ko‘rsatkichlarini tekshirib ham o‘tirmay, haydovchiga 850 yevro jarima yozib bergan.

Bundan tashqari, ayol o‘z mashinasida “Boing” samolyoti tezligi bilan “uchgani” uchun o‘z guvohnomasiga 10 jarima ball olgan. Ayol bunday qat'iy jazodan norozi bo‘lib, u bo‘yicha bahslashmoqchi. 

Italiyada 2003 yildan beri ball tizimi amal qilib, haydovchilik guvohnomasi olinganda unga avtomatik ravishda 20 ball yoziladi. Agar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzsa, bu ballar ayirilib boradi. 

Bu orada Estoniyada tezlikni oshiruvchi haydovchilarni jazolashning antiqa usuli o‘ylab topildi. Qoidabuzarlarga jarima to‘lash o‘rniga yo‘l chetida turib, tinchlanib olish taklif qilinmoqda. Misol uchun, tezlikni 20 kmdan ko‘proqqa oshirganlik uchun 45 daqiqa, 21 kmdan 40 kmgacha oshirganlik uchun 60 daqiqa tinchlanib olishga to‘g‘ri keladi. Biroq bundan yuqoriroq tezliklar uchun baribir jarima belgilangan. 

Top