19:50 / 10.07.2020
6833

Mehnat jamoalari orasida koronavirus tarqalishiga qarshi choralardan iborat tavsiyalar berildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov davlat organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha talab va tavsiyalarni o‘qib eshittirdi.

Profilaktik tadbirlarda tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat jamoasi orasida koronavirus tarqalishiga qarshi choralar ko‘rish, ishchilar zararlanishiga qarshi tashkiliy-texnik va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Shunga ko‘ra, mehnat jamoasi orasida koronavirus infeksiyasini tarqalishiga qarshi quyidagi choralar tavsiya etildi:

  • ishlab chiqarish umumiy vazifalari bog‘liq bo‘lmagan sexlar, guruhlar, bo‘limlarni muloqotini chegaralash (guruhlash tamoyili), guruhlar ichida ijtimoiy masofa saqlanishini ta'minlash;
  • ishlarni turli qavatlar, alohida xonalar va bir necha smenalarga bo‘lib tashlash asosida ishchilar oqimini kamaytirish;
  • uy kiyimini ishchi kiyimiga almashtirishni faqat shu maqsadlarga mo‘ljallangan xonalarda (maishiy xonalar) amalga oshirishini tashkil etish;
  • xizmat vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan bo‘limlar ishchilarini muloqotiga yo‘l qo‘ymaslik, tushlik va oraliq dam olish tanaffuslarida o‘zaro muloqotni chegaralash;
  • ma'lumotlarni elektron shaklda yoki telefon orqali yuborilishini joriy etish;
  • jamoaviy tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish, boshqa jamoalar tadbirlariga qatnashishni taqiqlash;
  • umumiy foydalanish joylarini teri antiseptiklari bo‘lgan dozatorlar bilan ta'minlash, qo‘l yuvish uchun sovun, umivalnik tashkil qilish (ovqatlanish joylari, dam olish xonalari, xojatxona va shu kabilar);
  • ishchilarni bir martalik niqoblar bilan ta'minlash (ish smenasining davomiyligi va niqobni kamida 3 marta 3 soat ichida o‘zgartirishni hisobga olgan holda), lekin har bir ishchiga kamida 5 dona, shuningdek, dezinfeksiyali salfetkalar, qo‘llarni davolash uchun teri antiseptiklari va zararsizlantirish vositalari bilan yetarli miqdorda ta'minlash, bir marta ishlatiladigan niqoblar, qo‘lqoplar va nam salfetkalardan qayta foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • xizmat xonalari va jamoat joylarini maxsus ajratilgan xodim tomonidan ruxsat etilgan zararsizlantirish vositalaridan foydalangan holda har kuni (har smenada) namli tozalov o‘tkazish;
  • har 2-4 soatda barcha yuzalarda: eshik tutqichlari, elektr o‘chirgichlar, tutqichlar, panjara, stol usti, stullar, ofis jihozlarini zararsizlantirish;
  • ishlash xonalarida muntazam ravishda shamollatishni tashkil qilish (har 2 soatda yoki smenada kamida ikki marta);
  • ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalarini (niqoblar, respirator va rezina qo‘lqoplar) ishlatish ustidan kuchaytirilgan ichki nazoratni tashkil etish, ishlatilgan shaxsiy himoya vositalarini maxsus konteynerlarda to‘plagan holda belgilangan joyda yo‘q qilish.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni e'lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining yangi talablariga ko‘ra, 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar O‘zbekistonda qat'iy karantin choralari joriy etildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top