21:30 / 10.07.2020
16611
To‘qayev Qozog‘iston hukumatini iste'foga chiqarish bilan tahdid qildi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ikki hafta ichida yaxshilanishiga umid bildirdi.

Agarda amaldagi ikki haftalik karantin Qozog‘istondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilamasa, hukumat iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev vazirlar mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytdi, deb xabar bermoqda Vlast.kz.

«Ikki haftadan so‘ng vaziyat yaxshilanadi deb umid qilaman. Agar bunday bo‘lmasa, hozirgi tarkibdagi hukumat faoliyati savol ostida qoladi», - dedi To‘qayev.

Qozog‘istonda ikki haftalik karantin 19 iyulda nihoyasiga yetadi.

Avvalroq To‘qayev mamlakatdagi vaziyat qaltis ekanligini aytib, amaldorlarni ta'til va dam olishni unutishga chaqirgandi.

Top