15:00 / 10.07.2020
23200
UZKASSA N5 – onlayn kassa va terminal

UZKASSA kompaniyasi yana bir bor barcha tadbirkorlarni yaxshi xabarlar bilan xushnud etishga tayyor. Xushxabarlar ovozi shunchalik «balandki», ortiqcha so‘z yozishga hojat yo‘q – shuning uchun qisqa va lo‘nda qilib maqsadga o‘tamiz.

Rasman!

Barcha ishlar yakunlandi, onlayn nazorat kassa mashinasi UZKASSA N5'ga terminal ulandi. Kassa mashinasi HUMO kartalarini qabul qiladi. Barcha banklar bilan hamkorlik qilishimiz mumkin. Eksklyuziv hamkorimiz – «O‘zagroeksportbank» banki.

Terminalni ulash uchun o‘z bankingizga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

UZKASSA tomonidan tizimga ulash – bepul.

Ulanish uchun o‘z bankingizda ariza qoldiring va bu haqda bizga xabar bering, jarayon to‘liq bizga bog‘liq bo‘lmaydi, biroq UZKASSA doim yordamga shay.

Barcha savollar bo‘yicha (71) 200-30-50 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

UZKASSA N5 shuningdek 1S va boshqa billing tizimlari bilan ham integratsiya qilinishi mumkin.
Diqqat! Server tizimi bo‘lishi talab etiladi.
Integratsiya ­– bepul.
Tizimga ulanish uchun bizning aloqa markazimizda ariza qoldirishingiz mumkin: (71) 200-30-50.

Shaxsiy kabinetdan foydalanish – bepul.
Tovarlarning narxini o‘zgartirish, yangi tovarlarni qo‘shish, katalogga tovarlarni eksport/import qilish, boshqa ko‘plab foydali imkoniyatlar.

Har doimgidek, UZKASSA N5 onlayn kassa mashinasi uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab yagona narx – 2 990 000 so‘m.
Sotuvda turli xil – qora, qizil, oq va moviy dengiz ranglarda mavjud.

UZKASSA N5'dan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar bepul taqdim etiladi:

Video qo‘llanmalar:

Onlayn NKMni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamkor TXKM Support Team amalga oshiradi.

Bepul – ro‘yxatdan o‘tkazish, kassa bilan ishlash bo‘yicha bazaviy mashg‘ulot, Yagona katalogdan tovarlarni yuklab berish, kassir uchun eslatmalar chop etilgan holda taqdim etiladi.

Axborot-xizmat ko‘rsatish markazi mijozlar qancha xohlasa, shuncha xizmat ko‘rsatadi.

Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ushbu raqam bo‘yicha murojaat qilishingizni so‘raymiz: (71) 200-10-70.

Texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovni plastik karta (UZCARD va HUMO) orqali UZKASSA N5 mashinasining o‘zidan amalga oshirish mumkin.

Shu bilan birga, iyul oyidan UZKASSA N5 uchun aksessuarlar sotuvga chiqariladi:

  • Silikon g‘iloflar;
  • Kontaktli quvvatlash qurilmasi (dock station);
  • Wi-Fi tarqatuvchi quvvatlash qurilmasi.

Eslatib o‘tamizki, UZKASSA N5 bilan ishlash jarayonida shtrix-kodlar skaneridan foydalanish chekka tovarlarni qo‘shish tezroq va qulayroq bajariladi.

UZKASSA – biznesingiz uchun mukammal yechimlar.

Reklama huquqi asosida

Top