09:00 / 11.07.2020
35862

ENTER Engineering Pte. Ltd. kompaniyasi Uzbekistan GTL zavodidagi o‘z xodimlari holati haqida ma'lumot berdi

Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan GTL zavodi bugungi kunda muhim ahamiyatga ega va jahon miqyosidagi loyihalardan biri ekanligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi xavfining dastlabki kunlaridanoq Enter Engineering Pte. Ltd. kompaniyasi rahbariyati mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish departamenti bilan hamkorlikda 10 ming kishi ishlayotgan mazkur loyiha hududida COVID-19 kasalligi tarqalishi bo‘yicha xavf-xatarlarni tezkorlik bilan baholab chiqdi.

Koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagan dastlabki kunlardanoq ENTER Engineering Pte. Ltd. kompaniyasi tomonidan obektga jalb qilingan xodimlarning salomatligini saqlash va mehnat sharoitini xavfsiz darajada ta'minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xodimlar shaxsiy gigiyenasi nazoratini kuchaytirish maqsadida katta hajmda tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, dori-darmonlar, antiseptiklar xarid qilindi. Termometriya punktlari, qo‘llar dezinfeksiyasi uchun qo‘shimcha stansiyalar o‘rnatildi, xodimlar uchun alohida, yuk va yengil avtombillar uchun alohida dezinfeksion yo‘laklar tashkil etildi, PZR testlar o‘tkazish bo‘yicha uskunalar sotib olib keltirildi.

Zavodga qaytgan, vaxta uslubida ishlovchi mutaxassislar maxsus tayyorlangan karantin hududlariga 14 kunga joylashtirilmoqda va ulardan koronavirusni aniqlovchi test olinmoqda. Kasallikning yashirin davri davomida bu xodimlar zavod qo‘riqlovi ostida o‘tkazmoqdalar. Faqat mana shu amaliyotlar bajarilganidan keyingina ular ishga kirishishlariga ruxsat beriladi.

Bugungi kunga qadar obektdagi ishlar koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan holda amalga oshirildi.

Obektni topshirish bo‘yicha reja 2020 yilning dekabr oyiga mo‘ljallangani bois, qurilish ta'minoti uzulksizligini ta'minlash uchun zavodga muntazam ravishda uskunalar, yuklar, qurilish materiallari va shu jumladan xorijdan jo‘natmalar qabul qilinmoqda.

Zavodga yuk keltiruvchilar 14 kunlik karantinga joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan, sababi, ular zavod xodimlari emasdilar. Ular termometriya va dezinfeksiya punktlaridan o‘tganlar va kasallikning dastlabki belgilari bo‘lmaganidan so‘ng o‘z ishlarini davom ettirganlar.

Xodimlar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanganidan so‘ng barcha kasallanganlar va ular bilan kontaktda bo‘lganlar obekt hududida qurilgan maxsus izolyatorga joylashtirildilar. Bu yerda ular yuqori malakali tibbiy mutaxassislar nazorati ostida, xarid qilingan dori-darmonlarni qabul qilgan holda parvarishlanadilar.

Davolanayotgan xodimlarning umumiy holati kasallikning yengil kechishi shakliga mos deya baholanmoqda.        

Enter Engineering Pte. Ltd. Kompaniyasi matbuot xizmati

Top