09:30 / 11.07.2020
2554

Facebook siyosiy reklamalarga cheklov qo‘yishni rejalashtirmoqda

Facebook kompaniyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida 3 noyabrda Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan avval siyosiy reklamalarga cheklov qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg News kompaniya rejalari bilan tanish manbalariga tayangan holda xabar qildi

Hozircha, bu cheklov qanday ko‘rinishda bo‘lishi muhokama qilinmoqda va yakuniy to‘xtamga kelinmagan, deyiladi xabarda. 

Facebook rasmiy vakili esa, bu xabarni izohlamagan. 

Ijtimoiy media kompaniyasi siyosatchilarning reklamalari va nutqlarini faktcheking qilmasdan, ya'ni tekshirmasdan e'lon qilishi bois tanqidga uchragan edi. O‘tgan yili unga qaraganda kichikroq hajmdagi Twitter Inc kompaniyasi o‘z tarmog‘ida siyosiy mavzulardagi reklamalarni cheklashga qaror qilgandi. 

Mavzuga oid
Top