00:06 / 11.07.2020
27699
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 12 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 170 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 10 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12027 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 24 nafari Namangan viloyatida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 16 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 6 nafari Jizzax viloyatida hamda 1 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 463ta yangi holat qayd etildi, 3 bemor vafot etdi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 166 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar, Navoiy viloyatida 11 nafar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 6 nafardan, jami 243 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 7530 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 4443 nafar bemor davolanmoqda. Shundan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top