00:32 / 12.07.2020
8104

La Liga. «Barselona» qiyin g‘alabaga erishib, «Real» bilan farqni 1 ochkogacha qisqartirdi

Foto: Reuters

La Liga 36-turi doirasida «Barselona» safarda «Valyadolid»ga qarshi maydonga tushib, minimal hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Arturo Vidal tomonidan kiritilgan gol Kataloniya klubiga muhim g‘alabani taqdim etdi. Chililik futbolchining goliga hammualliflik qilgan Lionel Messi o‘z hisobiga mavsumdagi 20-assistni yozib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» turnir jadvalidagi ochkolari sonini 79taga yetkazib, 1-o‘rindagi «Real» (80) bilan farqni hozircha bittagacha qisqartirdi. Madrid klubi 36-tur doirasidagi uchrashuvni dushanba kuni «Granada»ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga. 36 tur. 11 iyul

Valyadolid – Barselona 0:1

Gol: 0:1 – 15 Vidal.
Valyadolid – Masip, Raul Garsiya (Nacho Martines, 25), Moyyano, Sanches, Xoakin Fernandes (Ervias, 46), Alkaras (Unal, 46), San-Emeterio, Kike Peres, Olivas, Gvardiola (Sandro Ramires, 61), Plano (Valdo Rubio, 80).
Barselona – ter Stegen, Alba, Semedu, Pike, Serdji Roberto, Puch (Rakitich, 57), Vidal, Buskets (Firpo, 74), Langle (Arauxo, 57), Messi, Grizmann (Suares, 46).

Top