21:56 / 13.07.2020
33088

«Bozorlar hududi kun davomida 2-3 marta dezinfeksiya qilinsin!» – Vaqtinchalik sanitariya qoida va me'yorlarining yangi tahriri e'lon qilindi

«COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi vaqtinchalik sanitariya qoida va me'yorlarining yangi tahriri e'lon qilindi.

Yangi tahrirda pandemiya sharoitida dehqon bozorlari qay tarzda faoliyat yuritishiga oid bir qator yangi qoida va me'yorlar belgilangan.

Unga ko‘ra, dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan yirik oziq-ovqat do‘konlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan holda «zigzag» tartibi (quvurlar, bantlar va boshqa shu kabi to‘siqlar orqali) tashkil etiladi.

Har bir bozorga kirishda «dezinfeksiya tunneli» va «sanitariya postlari, dezinfeksiya guruhlari tashkil etilib ularning vazifalari quyidagilar etib belgilanadi:

– bozor hududiga kirgan shaxslarni dezinfeksiya qilish (sotuvchilar, xaridorlar, bozor xodimlari va boshqalar);

– isitma yoki kasallikning boshqa belgilari bo‘lgan shaxslar aniqlanganda vakolatli organlarga darhol xabar berish;

– bozorlar hududlarini kun davomida (2-3 marta) dezinfeksiya qilish;

– karantin choralari talablariga muvofiqligini tekshirib borish (tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar mavjudligi, sotuvchilar va xodimlar uchun).

Dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida qadoqlanmagan mahsulotlar, yopiq holatda (polietilen plyonkalarga o‘ralgan, bir martalik paketlarga solingan va h-k.) saqlanadi. Savdo nuqtalarida sotuvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofa (2 metr) ta'minlanadi

Dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan oziq-ovqat do‘konlari atrofida qo‘l yuvish vositalari bilan jihozlangan bir nechta qo‘l yuvish joylari (zarur hollarda ko‘chma qo‘l yuvish nuqtalari) tashkil etiladi.

Oziq-ovqat do‘konlarining kirish qismida maxsus to‘siqlar (stol, stul, doska va boshqalar) tashkil etiladi va savdo faoliyati maxsus «darcha»dan amalga oshiriladi.

Dehqon bozorining hududlari aniq zonalarga ajratiladi:

– savdo;

– ma'muriy va saqlash (ma'muriy va maishiy obektlar, shu jumladan bozor xodimlari uchun ovqatlanish, omborxona);

– xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan bozor;

– alohida transport vositalari uchun to‘xtab turish joyi,

– maishiy, axlat yig‘ish joyi.

Shu bilan birga, savdo hududida:

– yopiq pavilonlarda, savdo rastalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi;

– ochiq joylarda yoki naves ostida savdo qilish;

– avtomobillardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi;

– umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat;

– oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosi maydonlari ajratiladi.

Savdo joylari sotuvchilar va xaridorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavo-tomchi infeksiyasidan himoya qiluvchi qurilmalar (ekranlar, plastik o‘ramlar va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bozorning barcha xodimlari, shu jumladan, sotuvchilar ham yuzlariga niqob (respirator) va qo‘llariga qo‘lqop kiyishlari kerak.

Bozorlar, idish va jixozlarni yuvish uchun vannalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, ular (kamida 2 ta) smesitellar orqali yetkazib beriladigan issiq va sovuq suv bilan ta'minlanishi, kanalizatsiya tarmog‘iga (kamida 20 mm.da oqimning uzilishi bilan) ulangan bo‘lishi kerak, jihozlar va idishlarni quritish va saqlash uchun javon, quritish uchun tokchalar jihozlanishi kerak

Bozordagi tashrif buyuruvchilar va xodimlar qo‘l yuvish, savdo uskunalari, meva va sabzavotlarni yuvadigan moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, har 50 ta savdo do‘konlariga nisbatan kranlar soni kamida bitta bo‘lishi kerak.

Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasida bir nechta ajratilgan xonalar: go‘sht, go‘sht mahsulotlari va baliqlarni tekshirish uchun mo‘ljallangan kuzatuv xonasini tashkil qilishi kerak. Zalda plitkalar bilan qoplangan yoki oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan alyuminiy bilan qoplangan stollar, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rganish xonasi, yuvinish xonasi, mudir xonasi, oshxona uchun xona tashkil qilinishi. laboratoriya xodimlari uchun dezvositalar saqlash xonasi va hojatxona tashkil etilishi kerak.

Bozor binolaridan, ularning maqsadlaridan qat'i nazar, turar joy uchun yoki yotoq uchun foydalanish taqiqlanadi. Savdo uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tayyorlash uchun mo‘ljallangan binolarga begona shaxslarning kirishiga ma'muriyat ruxsati bilan va sanitariya kiyimlarida yo‘l qo‘yiladi.

Savdo uskunalari, inventarlar, idishlar, shuningdek panjaralar, tokchalar, mahsulotlarni saqlash uchun tagliklar silliq yuzaga ega bo‘lishi va yuvish va dezinfeksiyalash oson bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan maxsus materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.

Savdo va omborxonalarda axlat yig‘ish uchun pedalli idish yoki qopqoqli chelaklar bo‘lishi kerak. Ular hajmining 2/3 qismi to‘lganidan so‘ng tozalanadi, 1% sodali suv issiq eritmasi (45-50 C) yoki boshqa yuvish vositalari bilan tozalash kerak va ularni ko‘rsatmalarga qat'iy muvofiq ishlatish va saqlash kerak.

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tovarlar qo‘shnichilik qoidalari va saqlash standartlariga qat'iy rioya qilish kerak. Muayyan hidi bo‘lgan mahsulotlar hidni so‘rib oladigan mahsulotlardan alohida saqlanishi kerak.

Tozalash ishlari kun davomida doimiy ravishda mahsulot ifloslanishining oldini olish sharti bilan amalga oshiriladi. Savdo va mexanik uskunalarga (tarozilar, hisoblagichlar, displey qutilari) ish oxirida ishqoriy eritma, so‘ngra issiq suv, so‘ngra antiseptik eritmalar bilan ishlov berilishi kerak.

Savdo boshlanishidan oldin va uning oxirida bozorning hududi issiq mavsumda suv sepish bilan tozalanadi. Savdo va tozalash ishlari tugagandan so‘ng, bozorning butun hududida xlor asosidagi dezinfeksiyalash vositalari bilan dezinfeksiyalash amalga oshiriladi.

Yuvish vositalari va dezvositalar quruq, xavo yaxshi aylanadigan joyda, oziq-ovqat saqlanishiga mo‘ljallanmagan joylarda saqlanadi.

Hojatxonalar har 2-3 soatda, ish kuni davomida va bozor tugaganidan keyin dezinfeksiyalovchi eritma bilan bo‘ktiriladi, tozalanadi va yuviladi. Hojatxonani har bir tozalashda suv kranlari, shuningdek eshiklarning tutqichlari va muruvvatlari, hojatxonaga borishda odamning qo‘llariga tegadigan tutqichlar va boshqa joylar dezinfeksiyali eritma bilan namlangan alohida mato bilan artib olinadi. Hojatxonalarni dezinfeksiyalash uchun faol xlor konsentratsiyasi 500 mg / l bo‘lgan eritma ishlatiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish va sotish bilan shug‘ullanadigan bozor ishchilari va savdogarlardan (tarozilar, go‘sht maydalagichlar, do‘konlar va hk):

– kiyimning, yuzning, tananing, qo‘llarning, sochlarning tozaligiga rioya qilishi, tirnoqlarni qisqartirishi;

– shaxsiy buyumlarni kiyinish xonasida qoldirishi, uy va sanitariya kiyimlarini aloxida saqlashi kerak;

– ishga kirishdan oldin qo‘lini sovun va suv bilan yuvish, toza sanitariya kiyimlarini, shuningdek niqobni kiyish, sochlarni qalpoq, sharf ostida olish va qo‘lqop kiyishi talab etiladi;

– hududga kirishda va hojatxonaga borishdan oldin sanitariya kiyimlarini yechishi;

– faqat belgilangan joylarda ovqatlanish va chekish;

– agar harorat ko‘tarilsa, teri va oshqozon-ichak kasalliklari, boshqa kasalliklarning alomatlari kuzatilsa bu haqda ma'muriyatni xabardor qilish, uni tibbiy markazda (agar mavjud bo‘lsa) tibbiy xodimlarga 103 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib izolyatsiya qilish.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top