12:35 / 13.07.2020
6483
«Yoshlar karantinga rioya qilmayapti» – mutaxassis Toshkent shahrida aholi orasida kasallanish ko‘payganiga izoh berdi

Toshkent shahrida aholi orasida kasallik holatlarining ko‘payib ketganiga sabab fuqarolar, asosan yoshlar karantin qoidalariga rioya etmayapti.

Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari Botir Qurbonov AOKAda o‘tkazilgan brifingda Toshkent shahrida kasallanish holatlari ko‘payib ketganiga izoh berdi.

«Aholi orasida kasallik holatlari ko‘p kuzatilayotganiga sabab fuqarolarimiz, asosan yoshlar karantin qoidalariga rioya etishmayapti. Niqoblarni to‘g‘ri taqmaslik, ijtimoiy masofalanishga rioya qilmaslik, yoshlarning kechki paytda mahallalarda to‘planib birgalikda vaqt o‘tkazishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Mana shu omillar ta'sirida Toshkent shahrida aholi orasida kasallik holatlarining aniqlanishi keskin ko‘tarilib ketdi», deya Bobur Qurbonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida aholidan koronavirusga test qabul qilish uchun dastlab 5ta punkt, keyinchalik yana 5ta qo‘shimcha punkt tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 10ta punktda koronavirusga test olinmoqda. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi 6ta nodavlat tibbiyot muassasasiga koronavirusga tets olish uchun ruxsat berilgan.

Avvalroq Toshkent shahrida COVID-19'ga test olinadigan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari haqida ma'lumot berilgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top