23:58 / 14.07.2020
3858

BMT Xavfsizlik kengashi pandemiya boshidan beri ilk bor yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazmoqda

BMT Xavfsizlik kengashi davlatlari vakillari 4 oy ichida birinchi marta yuzma-yuz uchrashishdi. Uchrashuv BMT bosh qarorgohida o‘tmoqda.

Foto: AFP / Dominick Reuter

Ta'kidlanishicha, pandemiya boshlangan mart oyidan boshlab Nyu-Yorkda koronavirus tarqalishi xavfi sababli Xavfsizlik kengashining barcha yig‘ilishlari videoanjuman shaklida o‘tkazilgan. 

Shu bilan birga, BMT binosiga asosiy kirish joyi hali ham yopiq qolmoqda. 

Yig‘ilish oldidan Xavfsizlik kengashida raislik qilayotgan Germaniya doimiy vakili Kristof Xoysgen matbuot vakillari bilan suhbatlashgan. Fransiyaning doimiy vakili Nikolya de River ham jurnalistlar bilan so‘rashgan.
 
Ushbu yig‘ilish an'anaga zid ravishda, Xavfsizlik kengashi zalida emas, masofaga rioya qilishga imkon ko‘proq bo‘lgan boshqa zalda o‘tmoqda. Doimiy vakillar va delegatsiyalar vakillari yig‘ilishga tibbiy niqoblarda kelishgan, biroq yig‘ilish vaqtida ularni yechib qo‘yishgan.
 
Yig‘ilish bir necha oydan beri birinchi marta tarjimonlar ishtirokida o‘tmoqda.

 

Top