22:27 / 14.07.2020
11280

«Gazprom» rekord miqdorda zarar ko‘rdi

Qishning iliq kelishi va suyultirilgan tabiiy gaz ekspansiyasi natijasida talabning pasayishi kompaniyaga barcha yo‘nalishlarda zarba berdi.

Foto: Maksim Blinov / RIA Novosti

«Gazprom» joriy yilning birinchi choragida oxirgi olti yildagi rekord miqdorda – 100 milliard rubldan ortiq zarar ko‘rdi.

Kompaniya bir yil avval shu davr mobaynida 535,908 milliard rubl sof foyda olgan.

«Gazprom» besh yil ichida ilk marta odatda eng foydali bo‘lgan birinchi chorakda zarar bilan chiqdi.

Qishning iliq kelishi va suyultirilgan tabiiy gaz ekspansiyasi natijasida talabning pasayishi kompaniyaga barcha yo‘nalishlarda zarba berdi. Yevropaga gaz sotish hajmi 18 foizga kamaydi, eksportning o‘rtacha narxi 37 foizga qisqardi. 

Xorijiy valutada belgilangan yirik qarz esa kompaniya uchun jiddiy muammolardan biri bo‘ldi. Kurs o‘sishi oqibatida u birdaniga 551,4 milliardga ko‘paydi.

Taxminlarga ko‘ra, kompaniyaning ikkinchi chorakdagi ko‘rsatkichlari yanada yomonlashadi. 

Mavzuga oid
Top