21:46 / 14.07.2020
62551

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli Qirg‘iziston prezidentini javobgarlikka tortishni so‘rab prokuraturaga ariza berildi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 149 kishi kasallikdan vafot etgan.

Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov va yuqori lavozimdagi qator amaldorlarni mamlakatdagi epidemiologik vaziyat uchun javobgarlikka tortishni so‘rab prokuraturaga ariza berildi. Bu haqda respublika bosh prokuraturasiga tayanib "Interfaks" xabar berdi.

"13 iyul kuni mamlakatda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat va kunlik o‘limlar uchun Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarni  javobgarlikka tortishni so‘rab fuqaro Raushan Aytkulova tomonidan ariza kelib tushdi. Ariza prokuraturada ro‘yxatga olindi", - dedi bosh prokuratura vakili.

Avvalroq Raushan Aytkulova ijtimoiy tarmoqda mamlakat prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini yozgan va impichment uchun imzo to‘plashni boshlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, petitsiyani 2,5 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 149 kishi kasallikdan vafot etgan.

11 may kuni mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilingandi. Favqulodda vaziyat rejimi esa davom etmoqda. May oxirida Qirg‘izistonda qator cheklovlar olib tashlandi – jamoat transporti faoliyati tiklandi, yozgi qahvaxona va restoranlar ishlashiga ruxsat berildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top