09:46 / 14.07.2020
34298

Olimlar koronavirusdan himoya qiluvchi mahsulotlarni sanab berishdi

Foto: Carsten Rehder / TASS / DPA

Fransiyaning Monpele universiteti olimlari tuzlangan karam, kimchi va sut-qatiq mahsulotlari koronavirusdan himoya qilishda yordam berishini ta'kidlashmoqda. Bu haqda The Sun gazetasi xabar bergan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, koronavirusdan o‘lim holatlari past bo‘lgan mamlakatlarda karamning turli ko‘rinishlari sevib yeyilar ekan. Germaniya va Janubiy Koreya aholisi menyusida tuzlangan karam va kimchi — fermentlangan sabzavotlar asosidagi taom muntazam ishtirok etadi. Ularning tarkibida immunitetni mustahkamlovchi va organizmga infeksiya tushishiga monelik qiluvchi antioksidantlar mavjud bo‘lib, shuningdek koronavirusni og‘ir formada o‘tishi ehtimolini ham pasaytiradi. Shuning uchun bu mamlakatlarda COVID-19ga chalingandan so‘ng odamlar ko‘proq shifo topishmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan o‘lim darajasi shuningdek Gretsiya, Bolgariya va Turkiyada ham qayd etilmoqda. Bu mamlakatlarda aholi yogurtni sevib iste'mol qilishadi. Bu sut-qatiq mahsuloti tarkibida ham antioksidantlar bor, biroq karam tuzlamasidagiga nisbatan kamroq.

Mutaxassislarning fikricha, millatlar o‘rtasida koronavirusdan immun himoyasi borasida parhez bosh farqlovchi bo‘lishi mumkin. O‘lim darajasi kam bo‘lgan mamlakatlarda mahalliy aholi ko‘p miqdorda tuzlangan karam yoki yogurt kabi fermentlangan taomlarni yeyishadi, shuningdek qatiq ichishadi.

Avvalroq, iyun oyida ispaniyalik diyetolog Alexandro Kanovas nafas olish tizimi va butun organizmni mustahkamlash uchun oziq-ovqat ratsioniga bir qator oddiy mahsulotlarni kiritishni tavsiya etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ana shunday mahsulotlardan biri tovuq tuxumidir.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top