08:51 / 15.07.2020
6087

AQSh Hongkong pasportlarini Xitoynikiga tenglashtirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Hongkong bilan munosabatlarda imtiyoz yoki farq etish usullaridan voz kechadi. Jumladan, Hongkong pasportiga ega fuqarolar Xitoy pasportiga ega fuqarolar singari baholanadi. AQSh prezidenti imzolagan va Oq uy tomonidan tarqatilgan hujjat shuni nazarda tutadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Bundan tashqari, Hongkongga eksport qilinadigan mahsulotlarga istisno litsenziyalari qaytarib olinadi. AQSh, shuningdek, Hongkong bilan jinoyatchilar hamda hukm o‘qilgan shaxslarni o‘zaro ayirboshlash bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni ham to‘xtatish rejalashtirilmoqda. 

Hujjat, hongkonglik politsiyachilarni AQShda o‘qitishni to‘xtatishni, Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ta'lim va madaniy almashuv dasturini bekor qilishni, AQShdan honkonglik boshpana so‘rovchilarning yuqori sonini qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. 

Top