15:51 / 16.07.2020
15481
BAA va Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib COVID-vaksina sinovining yakuniy bosqichiga o‘tdi
Foto: Reuters

BAA va XXR mutaxassislari koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi – yakuniy bosqichiga o‘tdi. Bu haqda "Al-Arabiyya" telekanali xabar qilmoqda.

"Abu-Dabidagi G42 kompaniyasi Abu-Dabi sog‘liqni saqlash departamenti va sog‘liqni saqlash vazirligi boshchiligida Xitoyning Sinopharm CNBG kompaniyasi bilan hamkorlikda sinovlar o‘tkazmoqda", - deyiladi G42 kompaniyasi bayonotida.

Iyunda CNBG BAAda vaksina sinovining uchinchi bosqichini o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.

 Kompaniya keyinroq o‘zi ishlab chiqqan ikkita vaksina muvaffaqiyatli natija ko‘rsatayotganini bildirgandi.

OAVning qayd etishicha, Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinaning sakkizta prototipini ishlab chiqish ma'qullangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top