00:29 / 16.07.2020
28875
O‘zbekistonda bir kunda 300dan oshiq bemor tuzaldi. Bu yangi rekord

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord natija qayd etilgani haqida xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, jami 328 bemor kasallikdan tuzalib chiqqan va jami tuzalganlar soni 8655 nafarga yetgan.

Bugun Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida bemorlarning navbatdagi guruhlariga javob berildi.

- Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 97 nafar;
- Samarqand viloyatida 49 nafar
- Surxondaryo viloyatida 34 nafar
- Jizzax viloyatida 9 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 4 nafar.

«Shunday qilib yurtimizda 8655 (+328) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5855 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

O‘zbekistonda 14 iyul kuni ham 297 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top