07:36 / 16.07.2020
5642
Tramp kutilmaganda o‘z saylovoldi shtabi rahbarini o‘zgartirdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlariga 3,5 oy vaqt qolganda kutilmaganda o‘z saylovoldi shtabiga yangi rahbar tayinladi. Bu lavozimni 42 yoshli Uilyam Stepin egalladi. 

“Men Uilyam Stepinning lavozimi Tramp kampaniyasi rahbarigacha ko‘tarilganini e'lon qilishdan xursandman. Men bilan uzoq vaqt davomida bo‘lgan hamda raqamli texnologiyalar va ma'lumotlar sohasida ajoyib strategiyamizga rahbarlik qilgan Bred Paskal (kampaniyaning amaldagi rahbari) kampaniyaning yetakchi maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi”, deb ma'lum qilgan Tramp Twitter’da

AQSh prezidenti noyabrda o‘tadigan saylovlarda “yirik va muhim ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritishiga” umid bildirdi, chunki “uning so‘rovnomalardagi reytingi tez oshmoqda, iqtisodiyotdagi vaziyat esa yaxshilanmoqda”. 

Biroq ekspertlarning fikricha, Trampning ishlari o‘zi aytayotgandek yaxshi emas. AQSh prezidentining saylovlar bo‘yicha asosiy raqibi – demokrat Jo Bayden amerikaliklar tomonidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda: uning joriy reytingi Trampnikidan 8,8 foiz yuqori. Tramp esa koronvirusga qarshi kurash va AQShdagi oxirgi tartibsizliklar vaqtida ko‘plab tarafdorlarini yo‘qotgan. 

Top